У нас есть только
оригинальные песни

Butun dunyodan go‘zallar Minsk shahriga “Dunyo go‘zali” tanlovida qatnashish uchun yetib keldi

calendar 27.08.2015
3765

Butun dunyodan 50 dan ortiq ijtimoiy faol sohibjamol Belarusga "Dunyo go‘zali” tanlovida qatnashish uchun yetib keldi.

26-avgust, chorshanba kuni ular Minskdagi "Belarus” mehmonxonasiga joylashdi. Kun davomida ular bir-biri bilan tanishib, norasmiy vaziyatda o‘zlarining mamlakatlari haqida so‘zlab berdi.

Yetti kun davomida ular turli tadbirlarda o‘zlarining qobiliyatlarini namoyish etadi, Markaziy botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadigan milliy liboslar namoyishida qatnashadi.

"Dunyo go‘zali” xalqaro tanlovi Minskda birinchi marta bo‘lib o‘tmoqda. Unga Bolgariya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Venesuela, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Malayziya, Malta, Meksika, Rossiya, Ukraina va boshqa davlatlardan ishtirokchilar yetib keldi. 
Яндекс.Метрика