У нас есть только
оригинальные песни

Buxoro ichki ishlar boshqarmasi va qator tumanlar ichki ishlar bo‘limlariga yangi boshliqlar tayinlandi

calendar 11.12.2015
2129

Ichki ishlar vaziri Buxoro ichki ishlar boshqarmasiga va qator tumanlar ichki ishlar bo‘limlariga yangi boshliqlarni tayinladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” O‘zbekiston IIVning “Postda” gazetasiga tayanib.

Buxoro IIBga podpolkovnik O‘tkir Badalov, Buxoro viloyati Shofirkon tumani IIBga podpolkovnik Alisher Fozilov boshliq etib tayinlandi.

Toshkent viloyati Qibray tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Navro‘z Alimov, Sirdaryo viloyati Guliston tumani IIB boshlig‘i — podpolkovnik Sarvar G’ofurov, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani IIB boshlig‘i — podpolkovnik Akram Halimov, Namangan viloyati Mingbuloq tumani IIB boshlig‘i — podpolkovnik Mansur Sattorov bo‘ldi.

Яндекс.Метрика