У нас есть только
оригинальные песни

Buxoro va Andijonda Korzinka.uz supermarketlari qurilmoqda

calendar 10.03.2016
2945

Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab o‘z filiallari sonini ko‘paytirish bo‘yicha ish olib boryapti. Bu haqda 9-mart, chorshanba kuni tarmoq rahbari Zafar Hoshimov Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida xabar qoldirdi.

“Hozirda Buxoro va Andijondagi o‘z supermarketlarimiz uchun mo‘ljallangan inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ish olib boryapmiz”, — dedi Zafar Hoshimov.

“Bugun Namangan va Farg‘onada bo‘lib, supermarketlar qurish uchun taklif qilinayotgan hududlar bilan tanishdim. Qarshi shahrida ham bizga joy taklif qilishmoqda”, — deb qo‘shimcha qildi Korzinka.uz rahbari.

Avvalroq Toshkent shahridagi Next va Vega savdo-ko‘ngilochar markazlaridagi Trend supermarketlari o‘rnini Korzinka.uz tarmog‘i egallashi ma'lum bo'lgandi.

Qayd etish joiz, 2016-yildan Toshkentdagi yirik supermarket tarmoqlari O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham o‘z filiallari ko‘paytirishga faol kirishdi. 

Яндекс.Метрика