У нас есть только
оригинальные песни

Buxoro va Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga to‘g‘ri ovqatlanish darslari o‘tiladi

calendar 18.02.2016
1406

2016-yil fevralida ovqatlanish madaniyatini sog‘lom turmush tarzining muhim tarkibiy qismi sifatida shakllantirishga qaratilgan “To‘g‘ri ovqatlanish darslari” dasturi doirasida Buxoro va Qoraqalpog‘istonda ikkinchi sinf o‘quvchilari uchun kitob-daftarlar hamda o‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Nestle Uzbekistan matbuot xizmati xabar bermoqda.

“To‘g‘ri ovqatlanish darslari” Nestle’ning “Sog‘lom bolalar” global loyihasining bir qismi hisoblanadi, ushbu loyiha bugungi kunda 68 ta mamlakat va 6 milliondan ziyod bolani qamrab olgan. O‘zbekistonda dastur Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi.

2016-yil fevralida Buxoro va Qoraqalpog‘istonda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matbuot anjumanlari va seminarlar o‘tkazildi. Ushbu dastur ikkinchi sinflar o‘rtasida sinf soatlari va boshqa maktab mashg‘ulotlari chog‘ida o‘tkaziladi. Dasturga jalb qilingan bolalar soni 5000 nafardir.

 

Яндекс.Метрика