У нас есть только
оригинальные песни

Buxoro viloyatida may oyida XVI an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivali o‘tkaziladi

calendar 28.02.2017
965

Buxoro viloyati hokimining “Ipak va ziravorlar festivalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjatga asosan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat boshqarmasi, “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi, viloyat hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, Buxoro davlat universiteti va “Buxoro merosi” ilmiy-tadqiqot markazining joriy yil 26—28-may kunlari viloyat markazida XVI an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivalini o‘tkazish hamda mazkur festival jamg‘armasini tashkil etish haqidagi takliflari ma’qullandi.

Festival doirasida “Buxoro turistik erkin iqtisodiy hududini yaratish imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish belgilandi.

Mazkur qarorga muvofiq “Ipak va ziravorlar” festivalining doimiy ishlovchi tashkiliy qo‘mitasi tarkibi va festival doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar konsepsiyasi tasdiqlandi.

Яндекс.Метрика