У нас есть только
оригинальные песни

Buxoroda 2015 yilda 20 nafar tashkilot rahbari almashtirilgan

calendar 06.01.2016
865

2015 yilda Buxoro viloyatida 20 nafar tashkilot rahbari o'z vazifasidan ozod etilgan. Bu haqda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a'zosi Muhiddin Esanovning 2015 yilning 26 dekabr kunida Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida qilgan nutqida aytilgan.

"2015 yilda rahbarlik lavozimlariga kadrlarni tayyorlash tizimi yanada takomillashtirildi. Rahbarlik lavozimlariga kadrlarni tanlashda yo'nalishlar bo'yicha maxsus komissiyalarning tuzilganligi, ular tarkibiga deputatlar, malakali mutaxassislar va jamoat tashkilotlari vakillarining kiritilganligi ushbu muhim ishda oshkoralikni va adolat mezonlariga qat'iy rioya etilishini ta'minlamoqda.

Hisobot davrida 20 nafar viloyat tashkilot rahbari almashtirilib, ularning 11 nafari o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to'laqonlik bajara olmaganligi uchun lavozimidan chetlashtirildi. Rahbar kadrlarga nisbatan talabchanlik 2016 yilda ham qat'iyatlik bilan davom ettiriladi", degan hokim.

Яндекс.Метрика