У нас есть только
оригинальные песни

Buxoroda “balo-qazolardan xalos etish” evaziga 5 ming dollar olgan folbin qo‘lga olindi

calendar 19.10.2017
1121

Buxoro viloyati Vobkent tuman IIBga Quruvchi MFY Arabon ko‘chasi 28-uyda yashovchi 1963-yilda tug‘ilgan nafaqadagi Xojiyeva Zamira Hamroyevna ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, notanish ayol uning uyiga kelib, unga turli ko‘ngilsizliklar haqida gapirib, agar u aytgan ishlarni bajarmasa, uyida va ro‘zg‘orida noxushliklar sodir bo‘lishini aytgan.

Ayol balo-qazolardan xalos etuvchi duo o‘qib berish evaziga undan 640 000 so‘m naqd pul, ikki dona jami bahosi 1 350 000 so‘mlik ayollar uzugini hamda bir dona xo‘roz va tovug‘ini qo‘lga kiritib voqea joyidan yashirinadi.

Keyingi kuni shaxsi noma’lum bo‘lgan ayol Zamira Xojiyevaning uyiga qaytib kelib uyida bo‘lgan barcha pullarini olib chiqishi lozimligini, ularga “duo solib berishini”, duo solingan pullar barakali bo‘lishini aytib undan 5000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, pullar o‘rniga qora selofanga o‘ralgan qog‘ozlarni almashtirib qo‘yib, hodisa joyidan yashiringan.

Tezkor surishtiruv ishlari davomida jinoyatni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Tutzor MFY Qorako‘l ko‘chasi 32-uyda yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan sudlangan Gulnoza Mingboyeva sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan G.Mingboyevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Яндекс.Метрика