У нас есть только
оригинальные песни

Buxoroda Korzinka.uz Diskont supermarketi ishga tushdi

calendar 01.09.2017
2247

1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi hamda Qurbon hayiti ayyomlarida Buxoro shahrida Korzinka.uz Diskont supermarketining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tarmoqning Facebook’dagi sahifasida xabar qilindi.

Milliy taronalar, mazali shirinliklar va quvnoq muhit hamohangligida o‘tgan marosim barobarida xaridorlar qo‘shaloq bayramlar munosabati bilan mahsulotlarni chegirma va aksiyalar bilan xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Aytish kerakki, Diskont turkumidagi supermarketlar o‘z shakliga ko‘ra ulgurji savdoga asoslanadi hamda ularda tarmoqdagi eng arzon narxlar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Toshkent shahrida 19 ta, Olmaliq va Qo‘qon shaharlarida 1 tadan Korzinka.uz do‘konlari faoliyat yuritib kelmoqda.Yangi do‘kon Buxoro shahri, B.Naqshband ko‘chasi, 149-uy (Yangi MUM) manzilida joylashgan.

 

Яндекс.Метрика