У нас есть только
оригинальные песни

Buxoroda oilaviy juftlikning qotili qidirilmoqda

calendar 04.12.2015
3483

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qilish organlari Foshun aholi punktidagi ikki karra qotillikka aloqador jinoyatchini qidirmoqda. Bu haqda “Vostochniy ekspress” xabar beradi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, er-xotin R.Hamroyev va N.Safarova jinoyatchilarning qurboniga aylangan.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, qotillik 1-dekabrdan 2-dekabrga o‘tar kechasi sodir etilgan. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “Og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha boshqa ma’lumotlar tergov manfaatlari yuzasidan oshkor etilmadi.

Яндекс.Метрика