У нас есть только
оригинальные песни

Buxorodagi mehmonxona xorijiy korxonaga sotildi

calendar 24.12.2017
995

«Wide tent system» AJ xorijiy korxonasi Buxoro shahri markazida joylashgan ko'pqavatli «Bukhara palace» mehmonxonasini 20 dekabr kuni 27,5 milliard so'mga xarid qilgan. Bu haqda Livebukhara.uz «ISHONCH MULK SAVDO» rieltorlik kompaniyasiga asoslanib xabar bermoqda.

Savdolarda O'zbekistonda alyuminiy profillar ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi «Wide tent system» AJ QK bilan bir qatorda Singapurning «Espada Profile» MChJi ham ishtirok etgan.

Mehmonxona 26 milliard 351,2 million so'm boshlang'ich narx bilan savdoga chiqarilgan edi.

Qariyb 1,9 gektar yerda joylashgan ob`yektning umumiy maydoni 8581,16 kvadrat metrni tashkil etadi.

Superjob.uz sayti ma`lumotlariga ko'ra, «Wide tent system» alyuminiy, PVX, aksessuarlar va komponentlar ishlab chiqaruvchi «Akfa» kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi.

Яндекс.Метрика