Buxorolik ayol yigit qiyofasiga kirib, qo‘shni qizni 2 oy «boshini aylantirdi»

Buxoroda o‘zini «erkak» qiyofasiga o‘zgartirib, qo‘shnisining 10 million so‘mdan ortiqroq tilla taqinchoq va pullarini qo‘lga kiritgan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

M.Adizova (ism-shariflar o‘zgartirilgan) Shofirkon tumani «Kalon» mahalla fuqarolar yig‘ini «Kalon» qishlog‘ida yashovchi qo‘shnisi O.Ortiqovaga «Rustam» ismli yigit uni yaxshi ko‘rib qolganligini aytib, so‘ng telefon orqali unga o‘zini «Rustam» deb tanishtirib, erkak ovozida gapirib uning ishonchiga kirgan.

Biroz vaqt o‘tgachb M.Adizova yana «Rustam» rolida «menga pul kerak puling bo‘lsa berib turgin, agar puling bo‘lmasa tilla taqinchoqlaring bo‘lsa ham bergin, ularni garovga qo‘yib pul olaman, keyinchalik taqinchoqlaringni qaytarib beraman» deb aldagan hamda O.Ortiqovadan jami bahosi 8 000 000 so‘m bo‘lgan uch dona ayollar va bir dona erakaklar tilla uzuklarini, bir juft ayollar tilla ziragi va bir dona ayollar tilla zanjiri hamda 2 600 000 so‘m naqd pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Buxoro viloyat IIB matbuot xizmatining nashrga bergan xabarida aytilishicha, «Rustam»ning gaplariga ishongan O.Ortiqova afsuski, o‘zining qo‘lida bo‘lgan mol-mulkini unga berib yuborgan. Ajablanarli jihati shundaki, M.Adizova o‘zining tashqi ko‘rinishini ustalik bilan o‘zgartirib, erkak qiyofasiga kirib O.Ortiqova bilan bir necha marta uchrashgan. Buni qarangki, ikki oydan ortiqroq vaqt mobaynida uning bu qilmishlarini O.Ortiqova hamda boshqalar mutlaqo sezmagan.

Sudda M.Adizova o‘zining qilmishiga to‘la iqrorlik bildirib, haqiqatdan tashqi qiyofasini o‘zgartirib, erkak ko‘rinishida O.Ortiqova bilan bir necha marta uchrashganini hamda telefonda ham erkak ovozida gapirib, O.Ortiqovadan pul so‘raganini tan olib, suddan qonuniy yengillik berilishini so‘ragan.

M.Adizova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasining (firibgarlik) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.

M.Adizovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasining 1-qismi bilan oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 1 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.


Комментарии (0) | Добавить: 11.07.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Oliy va o'rta-maxsus ta`lim vaziri abituriyentlarga maslahat berdi
Diana Yagofarova 10 yillik sukunatdan so'ng o'g'illari bilan jurnalda chiqish qildi
Bir yillik tonirovka uchun bir yil ishlab pul topish kerak-mi?
Neymar ko‘p yiqilishi sababini aytdi
Instagram’da yangi funksiya paydo bo'ldi
O‘zbekiston narxlarni barqarorlashtirish uchun xorijdan salkam 30 ming tonna guruch sotib oladi
Muhammad Saloh yelkasidan olgan jarohatidan butkul qutuldi
O'zbekistonga elektron viza olish uchun qaysi davlat fuqarolari eng ko'p murojaat qildi?
Ilmiy ishlanmalarni qo'llab-quvvatlash uchun 100 million dollar ajratiladi
«Android» o‘rnini «Fuchsia» egallaydi: farqi nimada?
O‘zbekistonda tilla tangalarni sotish boshlanadi
Lionel Messi «Barselona»ga yangi o‘yinchi topdi
Korxonalar uchun eng xavfli mobil dasturlar ma`lum qilindi
“Liverpul” rekord mablag‘ evaziga Alisson Bekerni sotib oldi
«Uzcard»da xaridni bekor qilib, pulni kartaga qaytarish funksiyasi ishga tushdi
Buklanadigan ekranli ilk smartfon qachon chiqishi aniq bo'ldi
Mahkumlar hali ozodlikka chiqmasdan mehnat daftarchasi ochilib, ish bilan ta`minlanadi
Andijonda poyezd temir yo‘l relsida o‘tirgan bolani bosib ketdi
Yagona portalda STIR guvohnomasini berish xizmati ishga tushdi
O‘zbekistonda arzon uy-joylar uchun dastlabki to‘lov summasi kamaytirildi
Xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni O'zbekistonga olib kirish uchun boj to'lovi o'zgardi
O‘zbekistonda jamoat transportida videoregistrator majburiy tartibda o‘rnatiladi
O'zbekistonda avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berildi
Shahrisabz shahrida 1000 kishilik amfiteatr o'rnatiladi
GM Uzbekistan mahalliylashtiriladigan butlovchi qismlar sinov laboratoriyasini ishga tushirdi
O‘zbekiston termasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilar ro‘yxati ma’lum, unda Hasanboy Do‘stmatov ham bor
Eden Azar “Real” bilan kelishuvga erishdi
Farzandi o'qituvchi bo'lishni istaydiganlar soni 3 foiz. Yig'ilishda bu vaziyat keskin tanqid qilindi
Jazirama kunlarda talab ortadigan mors ichimligi qanday tayyorlanadi?
Zaruratsiz ko'chaga chiqmang: O'zbekiston hududida anomal issiq va quruq havo kutilmoqda