У нас есть только
оригинальные песни

Buyuk Britaniyada 20 daqiqada istalgan kasallikni aniqlaydigan qurilma yaratildi

calendar 25.04.2016
1098

Buyuk Britaniya tadqiqotchilari jamoasi sanoqli daqiqalar ichida turli kasalliklarni aniqlashga imkon beruvchi cho‘ntak qurilmasini yaratdi. Bu haqda “Hi-tech.mail.ru” xabar bermoqda.

Qurilma Q-Poc nomini oldi. U qator yuqumli kasalliklar, hatto sil va saratonni ham aniqlashga qodir. Smartfon hajmidagi tahlil qurilmasi quyosh batareyalari yordamida ishlaydi. Biologik namunalar maxsus kartrijlar yordamida qurilmaga kiritiladi. Kimyoviy jarayonlar davomida olingan namuna molekulali to‘plamga aylanadi va DNK to‘qimalarini ajratuvchi maxsus filtrlovchi tizim orqali o‘tadi.

QuantuMDx kompaniyasi mahsulotni keng foydalanish uchun 2018-yilda sotuvga chiqarishni mo‘ljallamoqda. Ilk klinik sinovlar shu yil oxirida Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadi.

Яндекс.Метрика