У нас есть только
оригинальные песни

Buyuk Britaniyada antiqa o'g'rilik sodir etildi

calendar 20.10.2016
2222

Buyuk Britaniyaning Nortgempton shahri politsiyasi mahalliy do'konlardan biridan 2 metrlik jalyuzini o'g'irlab ketmoqchi bo'lgan kimsani qidirmoqda. Voqea 16 oktabrda yuz bergan.  

"Erkak do'konga kirib, kiyimi ostiga jalyuzini yashirib chiqib ketgan", deb ma`lum qilindi mahalliy politsiyada.  

Biroq o'g'rining ketidan do'kon egalari quvlay boshlashganda u jalyuzini uloqtirib qochib ketgan.

"Oqibatda jalyuziga shikast yetgan", deyildi xabarda.

Politsiya o'g'rining suratini chop etib, u haqida istalgan ma`lumot berishni iltimos qilgan.

Яндекс.Метрика