Buyuk Britaniyada qirolichaning yubileyi marosimi uchun chiqarilgan chiptalar sotilishi boshlandi

Buyuk Britaniya qirolichasi Еlizaveta Ikkinchining 90 yoshga chiqishi munosabati bilan o'tkazilgan asosiy yubiley tadbirida ishtirok etishni istaganlar uchun chiptalar sotish boshlandi.

Bunday tadbirlar 2016 yilning 12-15 may kunlari Vindzor qal'asidagi Houm parkida o'tkaziladi.

Buyuk Britaniya vaqti bilan soat 09:00da (Toshkent vaqti bilan soat 14:00) boshlanadigan bayramda bir vaqtning o'zida 25 ming kishi qatnashishi mumkin. Marosim tashkilotchilari chiptalar tez vaqt ichida sotilib ketishini taxmin qilishgan.

4 kun davom etadigan sayllarda tomoshabinlar katta teatr namoyishlari (1500 musiqachi, raqqoslar, qo'shiqchi va aktyorlar, shuningdek, 900 ot ishtirokida) guvohiga aylanishlari mumkin.

Bayram tantanalarida dunyoning turli mamlakatlaridan (Kanada, Avstraliya, Ummon, Fiji va boshqa davlatlar) keladigan ko'p sonli harbiy orkestrlar hamda kavaleriyalar bo'ladi. Tomoshabinlar uchun Ozarbayjon kazaklaridan iborat otliqlar chiqishi ham taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Marosimning uch kunidagi tomoshalarni ko'rish uchun Vindzorlar oilasi ham tashrif qiladi. Еlizaveta Ikkinchining o'zi esa to'rtinchi kunda xalq oldidan namoyon bo'ladi.
Dastlabki 3 kungi tadbir chiptalari narxi 55 funtdan 165 funtgacha (83 dollardan 250 dollargacha). To'rtinchi kundagi marosim uchun esa chipta narxlari 75 funtdan 195 funtgacha baholangan (113 dollardan 295 dollargacha). Qirolichaning o'zi ishtirok etadigan 15 may kungi tadbir yakshanba kuniga to'g'ri keladi.

Qirollik oilasidagilarning ma'lum qilishicha, chiptalar sotuvidan tushgan mablag'larning barchasi xayriya maqsadida yo'naltiriladi.

2015 yilning 9 sentyabrida Qirolicha Еlizaveta II boshqaruv davomiyligi bo'yicha rekord o'rnatdi. U shu kuni taxtda 63 yil, etti oy va ikki kun turgan o'zining katta buvisi qirolicha Viktoriya rekordini yangiladi.

Qirolicha Еlizaveta II (Queen Elizabeth II) 1926 yilning 21 aprelida Londonda gertsog va gertsoginya Yorklar oilasida dunyoga kelgan.

1953 yilning 2 iyun kuni Londonning Vestminster abbatligida Еlizavetaga toj kiydirish rasmiy marosimi bo'lib o'tgan.


Комментарии (0) | Добавить: 24.11.2015
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

“Sumerki”da rol ijro etgan o‘zbekistonlik aktyor Alixan gonorari, rollari va oilasi haqida
MRB direktori: Kim Chen In to‘satdan g‘oyib bo‘lsa, buni bizdan so‘ramang
Amerikalik sayyoh O'zbekiston safaridan olgan taassurotlari bilan bo'lishdi
Google'ning Puerto-Rikodagi internet tarqatuvchi havo sharlari (foto)
"Titanik" yo'lovchisining maktubi rekord qiymatga sotildi
Ispaniya Bosh vaziri Kataloniya mustaqilligiga nuqta qo'ymoqchi
Bundan buyon Xitoyda har yili 15 million yangi ishchi o'rni yaratilishi lozim
Buxoroda konditsionerli avtobus bekatlari paydo bo‘ldi
“O‘zbekkonsert” rahbari o‘zgardi
Putin kelajakda atom bombasidan ham xavfliroq narsa nima bo'lishini aytdi
Yakkasaroy hokimiyati o'z binosini Maktabgacha ta`lim vazirligiga bo'shatib beradi
O'zbek shou-biznes vakillari paxta terishmoqda! (Foto)
Mavsumiy kasalliklar: gripp, paragripp, adenoviruslar va rinoviruslar
“Asakabank”ni 9 yil boshqargan Qahramon Aripov O‘zbekiston bog‘cha vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi
Shotlandiyada bolalarni jismoniy jazolash man etildi
Gulnora Karimovaning 784 mln. dollariga AQSh va Niderlandiya da`vo qilmoqda
Ayol kishi nega erkaklardan kamroq pul topishi ma`lum bo'ldi
Google xakerlarni o'z ilovalarini buzib kirganlik uchun mukofotlaydi
Turkmanistonda gazni qayta ishlash bo'yicha eng yirik zavod qurilmoqda
O'zbekistonda yoshligi o'tgan Sobchakning qizi Rossiya prezidenti bo'ladimi?
Bred Pitt Anjelina Jolining yoshligini eslatuvchi qiz bilan uchrashishni boshladi
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga shaxsan tegishli bo'lgan buyumlarni xarid qiladi
Twitter xavfsizlik tizimini kuchaytiradi
Yangi vazirlikka ayol kishi rahbar etib tayinlandi
Apple rasmiy servislarda ta`mirlanmagan smartfonlarni bloklamoqchi
Qozog‘iston kartoshkasi qimmatlab, O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda. O‘zbekistondagi talab Qozog‘iston kartoshka bozoriga qanday ta’sir
Putin dunyodagi geosiyosiy vaziyatga izoh berdi
Toshkentda yangi haydovchilik guvohnomalarining berilishi 20-oktabrdan boshlanadi
Toshkent, Sirdaryo, Jizzaxda terimchilar bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mdan, qolgan hududlarda 700 so‘mdan haq olishni boshladi