У нас есть только
оригинальные песни

Buyuk Britaniyadagi oxirgi tamaki fabrikasi yopildi

calendar 21.05.2016
1113

Nottingem grafligida joylashgan Buyuk Britaniyadagi oxirgi tamaki fabrikasi o‘z faoliyatini yakunladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Imperial Tobacco kompaniyasi ishlab chiqarishni ishchi kuchi arzon bo‘lgan boshqa davlatlarga ko‘chirilishi munosabati bilan o‘zining mamlakatdagi so‘nggi fabrikasini yopishga qaror qilgan.

Ekspertlar fikricha, kattaligi bo‘yicha dunyodagi to‘rtinchi tamaki kompaniyasi faoliyatini Sharqiy Yevropa va Osiyo bozorlarida davom etttirishni rejalashtirgan.

Яндекс.Метрика