У нас есть только
оригинальные песни

Buyuk Britaniyadagi referendumda Brexit tarafdorlari g'alaba qildi

calendar 24.06.2016
1068

Buyuk Britaniyaning Еvropa Ittifoqidan chiqishi masalasida o'tkazilgan referendumda Brexit (Birlashgan Qirollikning Еvroittifoqdan chiqishi) tarafdorlari g'alaba qildi. Bu haqda BBC xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, qirollikning ЕIni tark etishini yoqlab 17,4 million kishi ovoz bergan.

Qarama-qarshi tomon bilan oradagi farq minimal darajada bo'ldi - 16,1 million kishi.

Buyuk Britaniya fuqarolarining 51,9 foizi ЕIni tark etish uchun, 48,1 foizi esa unda qolish uchun ovoz berdi.

Referendum yuridik xarakterga ega emas. Hukumat uning natijalarini tan olmasligi mumkin.

Shu bilan birgalikda, tahlilchilar hukumat rahbari Devid Kemeronning o'zi ushbu referendum tashabbuskori bo'lgani tufayli natijalar tan olinishini aytishmoqda.

Bir qator siyosatchilar referendumdagi mag'lubiyat Devid Kemeronning iste'fosiga sabab bo'lishini taxmin qilishgandi.

Shu tariqa, 43 yil oldin Еvropa Ittifoqiga a'zo bo'lgan Buyuk Britaniya uni tark etadigan bo'ldi.

Britaniyaliklar 23 iyun, payshanba kuni o'z mamlakati taqdirini hal qildi: ular referendumda Birlashgan Qirollik Еvroittifoqdan chiqish-chiqmasligi yuzasidan ovoz berdi. 

Яндекс.Метрика