У нас есть только
оригинальные песни

Caviar Putinning tug‘ilgan kuniga atab oq tilladan Apple Watch’lar seriyasini tayyorladi

calendar 16.09.2015
1984

Caviar zargarlik brendi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tug‘ilgan kuniga atab oq tilladan tayyorlangan Apple Watch aqlli soatlari kolleksiyasini taqdim etdi. Bu haqda "RuEconomics.ru” xabar bermoqda.

Rossiya prezidentining tug‘ilgan kuniga atalgan soatlar cheklangan adadda — atigi 63 dona chiqarilgan. Qayd etish joiz, Putin bu yil aynan 63 yoshga to‘ladi.

Soatlarning narxi 229 ming rublga teng bo‘lib, savdolardan tushgan mablag‘larning ma’lum bir qismi "Podari jizn” xayriya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Ma’lumot uchun, oq tilladan tayyorlangan mazkur aqlli soatlarga "V.V. Putin №1” hamda "63 Anniversario Edizione” yozuvlari tushirilgan.

Яндекс.Метрика