У нас есть только
оригинальные песни

CES-2017: Eng baquvvat android prosessor taqdim etildi.

calendar 05.01.2017
812
CES 2017 xalqaro elektronika ko‘rgazmasida eng kuchli Android-protsessori — Qualcomm Snapdragon 835 rasman taqdim etildi, u 2017-yilda ko‘plab top smartfonlar uchun asos bo‘ladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Chip FinFET 10-nm texnologiyasidan foydalanib ishlab chiqildi, shuning hisobiga u 35 foizga kichraydi, ammo energiyani o‘z ajdodlariga nisbatan 25 foizga kamroq iste’mol qiladi.

Qurilma nafaqat smartfonlar uchun, balki virtual va to‘ldirilgan reallik displeylari, planshetlar, IP kameralar, mobil shaxsiy kompyuterlar va boshqa devayslar uchun ham yaratilgan.

Chip Qualcomm Quick Charge 4 texnologiyasi bilan jihozlangan, u gadjetlarning quvvat olish tezligini 20 foizga oshiradi va uni 30 foizga samaraliroq qiladi.

Bundan tashqari, chip 32 megapikselgacha bo‘lgan baquvvat kameralarni qo‘llab-quvvatlay oladi.

Ayni paytda protsessor ustidagi ishlar davom etmoqda. U 2017-yilning birinchi yarmida bozorga chiqarilishi kutilmoqda.
Яндекс.Метрика