У нас есть только
оригинальные песни

Chagaevning menejeri: Rahmon Ruslanni yemas, o'zini o'ylasin

calendar 26.01.2016
983

Chagaevning menejeri Timur Dugazaev Xasim Rahmonning Ruslan Chagaev haqida aytgan fikrlariga munosabat bildirdi.

"Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni amerikalik Xasim Rahmon o'zbekistonlik Ruslan Chagaevga baho berishdan oldin o'zining rossiyalik Aleksandr Povetkindan qabul qilib olgan mag'lubiyatini muhokama qilsa yaxshi bo'lardi" deydi u. Bu haqda «Olamsport» sayti xabar bergan.

Ikki kun avval Rahmon 5 mart kuni Grozniyda o'tkaziladigan jangda avstraliyalik Lukas Braun Ruslan Chagaevni nokautga uchratishini aytgan yedi. Bu borada u bir paytlar mutlaq jahon chempioni britaniyalik Lennoks Lyuisni nokautga uchratganini ham qo'shimcha qilgan yedi.

«Grozniyda chempionlik kamari uchun jang o'tkazish bu Ramzan Axmatovich Qodirovning istagi. Ruslanning o'zi istalgan joyda jang o'tkazishga tayyor. Meni Rahmonning fikri hayron qoldirdi. U bir paytlar Lyuisni qanday mag'lub yetganini yesga olibdi. Bu borada Povetkindan qabul qilingan mag'lubiyatni ham yodga olsa yaxshi bo'lardi», — dedi Dugazaev.

Яндекс.Метрика