У нас есть только
оригинальные песни

Chagayev navbatdagi jangini 27-iyun kuni Germaniyada o‘tkazadi

calendar 30.04.2015
1881


Professional boksning o‘ta og‘ir vazn toifasida WBA yo‘nalishi chempioni Ruslan Chagayev (33-2-1, 20 KO) o‘ziing navbatdagi jangini 27-iyun kuni Germaniyada o‘tkazadi. Shu kuni hamyurtimiz ixtiyoriy ravishda o‘ziga tegishli bo‘lgan doimiy chempionlik kamarini himoya qiladi.

Hozircha bo‘lajak raqibning nomi ma’lum emas. Mana shu jangdan keyin Ruslan avstraliyalik Lukas Braun  (22-0, 19 KO) bilan majburiy jangda ishtirok etadi.

Braun bilan jang Moskva yoki Grozniy shahrida tashkil etiladi. O‘tgan yilning iyul oyida Chagayev Fres Okendoni yengib, doimiy chempionlik kamariga ega chiqqandi.


Яндекс.Метрика