У нас есть только
оригинальные песни

Chaqmoq zarbi Moskvadagi Sheremetyevo aeroportida uch samolyotni ishdan chiqardi

calendar 05.06.2016
1433

Moskvadagi Sheremetyevo aeroportida chaqmoq zarbi uch samolyotga shikast yetkazdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Hodisa 4-iyun, shanba kuni, havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish chog‘ida ro‘y berdi. Chaqmoq zarbi bir paytning o‘zida uch samolyotga tegib, ularning quvvatsizlanishi, avionika va boshqa tizimlar ishida uzilishga olib keldi.

Shikastlangan kemalar parvozdan chetlatildi. Bular ikki Airbus va bir Superjet ekanligi bildirilmoqda.

Яндекс.Метрика