У нас есть только
оригинальные песни

"Chegara bilmas jurnalistlar": 2015 yilda 110 nafar jurnalist o'ldirildi

calendar 29.12.2015
1520

                

2015 yil davomida butun dunyo bo'ylab ish vaqtida va noma'lum sabablarga ko'ra halok bo'lgan jurnalistlar soni 110 nafarni tashkil etgan. Huquq himoyachilarining "Chegara bilmas jurnalistlar" tashkiloti hisobotida keltirilishicha, halok bo'lganlarning 67 nafari o'z kasbi tufayli halok bo'lgan.

"Jurnalistlar o'z jonlarini xavf ostiga qo'yib, hukumatni va boshqa sohalarni tanqid qilgani uchun qaltis sharoitlarda ishlashadi va yashashadi. Statistikadan ko'rishimiz mumkinki, jurnalistlarga nisbatan zo'ravonlik qo'llanishi holatlarini kamaytirish uchun qo'llangan choralar samarasiz bo'lmoqda", deydi tashkilot vakili Britt Xilbert.

"Ayni vaqtda jurnalistlar faoliyati uchun eng xavfli hudud Suriya bo'lib qolmoqda. Garchi bu mamlakatda joriy yilda o'tgan yildagidan (13 nafar) ko'ra kamroq jurnalist halok bo'lgan bo'lsada, shunday", deydi u.

Shuningdek, jurnalistlar faoliyati uchun ko'p darajada xavfli bo'lgan hududlar sirasiga Iroq, Braziliya, Bangladesh, Janubiy Sudan va Yaman ham kiradi. Bu yil birinchi marta jurnalistlar uchun xavfli mamlakatlar qatoridan Frantsiya ham o'rin oldi. Bu mamlakatda shu yilning boshida, 7 yanvar kuni Charlie Hebdo gazetasi tahririyatiga hujum uyushtirilgan va jangarilar 10 nafar xodimni o'ldirishgandi.

Яндекс.Метрика