У нас есть только
оригинальные песни

Chegaradosh va xorijiy davlat fuqarolari qancha miqdordagi tovarlarni bojsiz olib kirishi mumkin?

calendar 21.01.2018
975

Chegara orqali o‘tuvchi yo‘lovchi poyezdlari temir yo‘l stansiyalarida qonun hujjatlari talablari bilan belgilangan vaqt oralig‘ida (2 soat mobaynida) to‘xtatiladi. Bu vaqt ichida bojxona organlari yo‘lovchilar va ularning yuklari bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.

Amadagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq bojxona nazoratidan o‘tishda O‘zbekistonga chegaradosh davlatlardan kelayotgan fuqarolar 10 AQSh dollar miqdorida, qo‘shni bo‘lmagan davlatlardan kelayotgan fuqarolar esa 1000 AQSh dollari miqdoridagi tovarlarni bojsiz olib kirishlari mumkin.

Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i X.Fayzullayevning ma’lum qilishicha, hozirgi kunda bojxona organlari tomonidan barcha davlatlardan kirib kelayotgan fuqarolarga, ular tomonidan notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan tovarlarga yaxlit tartibda 1000 AQSh dollari miqdorida bojxona to‘lovlaridan imtiyoz qo‘llash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, amaliyotga joriy etish ishlari olib borilmoqda.

Яндекс.Метрика