У нас есть только
оригинальные песни

Chelsi Londonda Liverpulga yutqazdi

calendar 31.10.2015
1142
Angliya chempionatining 11-turidan o'rin olgan "Chelsi” hamda "Liverpul” klublari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Unda 1:3 hisobi qayd etilib, mersisaydliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Dastlab, o'yinning 4-daqiqasidayoq Ramires londonliklar hisobda oldinga olib chiqqa bo'lsada, keyinchalik "Liverpul” tashabbusni o'z qo'liga olib, muvozanatni tiklashga otlandi va birinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda Koutino ajoyib zarba bilan javob golini kiritdi – 1:1. Ikkinchi bo'limning 74-daqiqasiga kelib yana Koutino Begovich darvozasiga ikkiinchi golni kiritdi. Zahiradan maydonga tushgan Kristian Benteke hisobni 1:3 ko'rinishga olib keldi. Shu tariqa, Yurgen Klopp "Liverpul” bosh murabbiyi sifatida Angliya chempionatidagi ilk g'alabani tantana qildi.
Яндекс.Метрика