Chempion hikoyalari: Krishtianu Ronaldu

Yetti yoshligimdan juda ajoyib xotiralar saqlanib qolgan va men xuddi kechagidek har bir voqeani ko'z oldimda jonlantira olaman. Men oilam bilan bog'liq bu xotiralarni eslaganimda birdaniga tanamga iliqlik yuguradi.

Men endigina haqiqiy futbol bilan shug'ullanishni boshlagandim. Avvalroq men faqat Madeyra ko'chalarida bolalar bilan futbol o'ynardim. Bilasizmi, «ko'cha» deb men rostanam «ko'cha»ni nazarda tutyapman, bo'sh maydonni emas, sababi, rostdan ham, har mashina o'tganida biz o'yinni to'xtatib turar va «stadion»imiz bo'shashini kutardik. Menga bu o'yinlar juda yoqardi, lekin otam CF Andorinha muxlisi bo'lgan, meni bolalar jamoasiga borishni istardi. Bu bilan otam g'ururlanishini bilardim va men shunday qildim ham.

Birinchi kundan shu qadar ko'p qoidalar haqida gapirishdiki, ko'pini tushunmasam ham, menga yoqdi. Menga mashg'ulotlarning tashkil etilishi, g'alabalarga bo'lgan intilish yoqqandi. U bizning har bir o'yinimizni maydon chetidagi to'siqlar ortidan tomosha qilar, menimcha, mazza qilardi. Onam va opam esa, futbolga umuman qiziqmas edi.

Har kuni kechki ovqat paytida otam ularni bezor qilib yuborardi – mening qanday o'ynaganim, qanday gol urganim va hokazolarni aytib berardi u. Otam futboldagi birinchi agentim bo'lgan, desam ham bo'ladi. Esimda, futboldan qaytiboq otam «Krishtianu gol urdi» deb hayqirib kirib kelar, ular esa «O, muncha yaxshi» deb ham qo'yishmasdi. Ularni rostan ham futbol umuman qiziqtirmasdi, ishonasizmi?

Boshqa kuni «Krishtianu ikkita gol urdi!». Baribir o'sha manzara, men nimayam qilardim, jimgina gol urishda davom etardim xolos.

Bir kuni dadam kelib qat`iyan dedi: «Krishtianu bugun uchta gol urdi. U ajoyib o'yin ko'rsatdi, sizlar ham biror kun men bilan birga borib, tomosha qilishlaring kerak».

Lekin baribir, har gar futbol o'ynayotganimda o'sha otam turadigan tomonga qarar va uning yolg'iz ekanini ko'rardim. Ammo bir kuni, men bu kunni unutmayman, chigalyozdi mashg'ulotlarni qilayotib qarasam, onam va opalarim tribunada men tomonga qarab o'tirishardi. Qanday tushuntirsam ekan, yo'q ular go'yoki futbol tomosha qilayotgandek emasdilar, bir-birlarini pinjilariga kirib o'tirib olishgan va faqat men tomonga qarab qo'l silkitishardi. Ular qarsak ham chalishmas, maydonda nima bo'layotganini tushunishmas, go'yoki qandaydir parad yoki bayramda meni ko'rib qolgandek o'tirishardi. Shunday bo'lsa-da, ular shu yerda edilar va menga shu kifoya edi.

Men o'zimni juda yaxshi his qilgandim o'shanda. Men uchun bu katta narsa edi. Xuddiki, ichimga bir narsa kirib olgandek bo'ldi. Menimcha, bu faxr tuyg'usi bo'lgan. Biz boy emasdik, pulimiz ko'p bo'lmagan. U paytlarda Madeyradagi hayotimiz ko'proq yashash uchun kurashni eslatardi. Men akam sovg'a qilgan yoki xolavachchalarimdan qolgan eski etikda futbol o'ynardim. Ammo bilasizmi, yosh bolalarga pul kerak emas. Bolalar qandaydir hissiyotlar og'ushida yashaydi va ular uchun eng muhimi shu. Aynan mana shunday hissiyot o'sha kuni menda juda kuchli bo'lgandi – men o'zimni himoyalangan va sevimli his qildim. Portugal tilida biz buni menino querido da família (oilaning suyukli farzandi) deb ataymiz.

O'sha davrlarni o'zgacha entikish bilan eslayman, chunki uzoq davom etmagan. Futbol menga ko'p narsa berdi, lekin buning uchun men oiladan, uydan uzoqda bo'lishimga to'g'ri keldi. 11 yoshimda Lissabonga, «Sporting» akademiyasiga keldim va bu hayotimdagi eng og'ir damlar edi.

Bu haqida hozir o'ylashga ham qo'rqaman. Mana hozir, o'g'lim 7 yoshda, to'rt yildan keyin uni Parijga yoki Londonga jo'natish uchun kiyimlarini sumkaga joylayotganimni tasavvur qilaman – dahshat. Menimcha bu imkonsiz bo'lsa kerak. O'shanda ota-onam uchun ham bu juda og'ir bo'lganini bilaman. 

Lekin bu mening orzularim yo'lidagi imkoniyat edi va ular meni qo'yib yuborishdi. Har kuni yig'lardim. Hali ham Portugaliyada edim, lekin bu go'yoki juda uzoq mamlakatga bo'lgan safarga o'xshardi. So'zlashuv shevasi farqli, madaniyat va odatlar farqli. Hech kimni tanimas edim. Oilamdagilarning moddiy imkoniyatida nari borsa uch-to'rt oyda bir marta oldimga kelishga yetardi xolos. Sog'inardim, zerikardim va deyarli har kuni yig'lardim.

Hammasiga futbol sababchi. Men boshqalardan farqli ekanimni o'shandayoq sezardim, men amalga oshirayotgan ba`zi harakatlarni akademiyadagi boshqa bolalar qila olmasdilar. Buni sheriklarim ham, hatto murabbiylardan ham eshitib qolardim. Ammo ko'pincha, men juda nozikligimni gapirishardi. «Yaxshi, yaxshi, lekin bu bola juda nimjon» deb qo'yishardi. O'shanda, o'n bir yoshimda bir qarorga keldim – ha, men iqtidorliman, lekin haqiqiy futbolchi bo'lishim uchun boshqalardan ko'proq shug'ullanishim kerak, bolalarga o'xshab o'ynashni yig'ishtirishim kerak. Men go'yoki dunyoning eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun shug'ullanishni boshlashim kerak edi.

Bunday o'ylar menga qayerdan kelganini bilmayman. Kimdir menga bu haqida aytmagan, bu istak ichimdan kelgandi. Bilasizmi, buni ochlik tuyg'usiga qiyoslash mumkin: qachon maqsadga yetmaganingizda, mag'lubiyatga uchraganingizda ochqab qolgandek holatga tushib qolasiz. 

Men qechqurunlari yotoqxonadan qochib chiqib, shug'ullana boshladim. Jismoniy tarafdan kundan kuncha katta bo'lib borayotganimni sezardim – maydonga chiqqanimda nimjonligimni gapirgan odamlar endi, qiyomat qoyim bo'lgandek tikilib qolishsa kerak. O'n besh yoshlarda bo'lsam kerak, ba`zi jamoadoshlarimga qarata shunday deganim esimda: «Qachondir men dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'laman».

O'shanda ular rosa ustimdan kulishdi. Men hali «Sporting»ning asosiy tarkibiga yaqin kelganim ham yo'q, lekin menda bunday ishonch haqiqatan ham bo'lgan. Mag'lubiyatga uchrasangiz, o'zingizni och his qilasiz-ku, bilasizmi, g'alaba qozonganda ham xuddi shunday bo'ladi – xuddiki, siz bir nima yedingiz, lekin kichik bir bo'lak xolos, yana yegingiz keladi.

17 yoshimda, professional futbol o'ynay boshlaganimda, oyim men ishtirok etgan o'yinlarni ko'ra olmasdi. Ayniqsa, katta o'yinlarda shu qadar asabiylashardiki, bir necha marta hushidan ham ketib qolgan. Vrachlar o'yinlar tomosha qilish uchun alohida dorilar yozib beradigan bo'lishdi. Esingdami, bir paytlar umuman futbol bilan ishing yo'q edi, degim kelardi.

Orzularim kundan-kunga osha boshladi. Terma jamoada o'ynashni, Manchesterda o'ynashni istay boshladim, Premer Liga menga juda yoqar, televizorda doim tomosha qilardim. U yerdagi muhim, muxlislar shovqini, qo'shiqlar meni o'ziga rom qilgandi. Manchesterda o'ynashni boshlaganimda meni faxr tuyg'usi chulg'ab olgandi, ayniqsa, oilamdagilar ko'proq g'ururlangan bo'lsalar kerak. 

Avvaliga sovrinlar men uchun juda hissiyotli bo'lgan, esimda ilk bor Angliya chempioni bo'lganimda ham, «Oltin to'p»ni yutib olganimda ham. Lekin orzularim joyida turmas, boshqa manzillar sari chorlay boshlardi.

Menga Madrid doim yoqqan, u yerda yangi sovrinlarni yutib olish, klub afsonasiga aylanish, bir qator rekordlarni urishni xohlardim.

Lekin rostini aytaman, so'nggi ikki yilda g'alabalar, sovrinlar menga butunlay boshqacha hissiyotlarni taqdim etishni boshladi. Madridda agar g'alaba qozona olmasang, hammasini yuta olmasang, sen uchun mag'lubiyat bilan teng. Boshqalar sen haqingda shunday o'ylay boshlashadi. Bu mening vazifam. Ammo ota bo'lish butunlay boshqacha, Madridda meni boshqacha insonga aylantirgan muhim jihat mana shu. Men endi shunchaki bir futbolchi emasdim. Ayniqsa men va o'g'lim bilan bog'liq bir voqea hech esdan chiqmaydi.

Bu biz Kardiffda Chempionlar Ligasini yutib olgan kun edi. Hakam hushtagi yangragach, men go'yoki butun dunyoga bir nimani isbotlagandek, hammaga qarata nimadir degandek his qildim. Ammo biroz o'tib, oldimga o'g'lim keldi. Bir zumda barcha hissiyotlar butunlay boshqa yo'nalishda o'zgarib ketgandi, ishonasizmi? U Marseloning o'g'li bilan maydonda yugurib yurardi. O'g'lim bilan birga sovrinni qabul qilib oldik. Keyin ikkimiz qo'l ushlashib, maydon bo'ylab yura boshladik.

Bu baxtni men ota bo'lmasimdan oldin tushuna olmas edim, bu aniq. Buni so'zlar bilan ifodalab berishning iloji yo'q. Bu holatni men faqat o'sha yoshligimdagi, tribunada oyim bilan opamni ko'rib qolganimda hissiyotlarga qiyoslashib mumkin xolos.

Bernabeuga qaytib, g'alabani nishonlayotganimizda, kichik Krishtianu Marseloning o'g'li bilan maydonda futbol o'ynab yurishgandi. Barcha muxlislar ko'z o'ngida. Bu sahna mening Madeyrada, uning yoshida to'p tepib yurganimdagi vaziyatdan boshqacha edi. To'g'ri, lekin o'shanda otam meni kuzatib, nimalarni his qilganini endi tushungandekman. Nazarimda, hozir o'g'lim ham mening o'sha yoshligimdagi hissiyotlarni boshdan kechirmoqda - Menino querido da família.

Madriddagi 400 o'yindan keyin ham maqsadim o'sha o'sha – maydonga tushish va g'alaba qozonish. Mening tabiatim o'zgarmagan, men hali ham rekordlar o'rnatish, sovrinlar yutish, gollar urishga chanqoqman. Ammo Madriddagi hayotimning eng muhim bo'lagi boshqa – qachonki, bir kun to'qson besh yoshga kirganimda, nevaralarimni yonimga o'tqazib olib, hayotim haqida hikoyani boshlaganimda, eng ko'p o'sha voqeani, o'g'limning qo'lidan ushlab chempionlikni nishonlaganimda to'lqinlanib gapirib beraman.

Umid qilamanki, biz bu ishni yana takrorlaymiz.

Krishtianu Ronaldu


Комментарии (0) | Добавить: 05.10.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Ronalduni o'z farzandi butun internetda sharmanda qildi …
Mourino darvozabon boshiga butilka bilan urdi
Yevropa Ligasi. Qur`a qanday kuchli juftliklarni hosil qildi?
Jeenbekov O'zbekistonga aloqador bitimni ma`qulladi
Neymar yana qiliq ko'rsatmoqda
2020-yilga kelib yo‘qoladigan 30 ta odatiy buyum
Zilzila vaqtida namoz o‘qiladimi?
O‘zbekiston uchun 1948-yilda AQShda imzolangan konvensiya kuchga kirdi
AQSh Davlat kotibi: Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya bilan muzokaralarga tayyor
Oq uy: Rossiya va Xitoy AQSh milliy xavfsizligiga tahdid tug‘diradi
Banklar tomonidan haq olinmaydigan xizmatlar qanday? (ro'yxat)
«Bizga ham kerak emas» - Ukraina Rossiya bilan temir yo'l qatnovini to'xtatmoqchi
Germaniya 2017 yil shamoldan energiya olishda rekord qo'yadi
Endi bachadon kerakmas...mi?!
Kumush saratonni davolashi aniqlandi
Xiaomi'ning hoshiyasiz Mi Mix 3 smartfoni suratlari tarqaldi
Og‘riq qoldiruvchi dorilar xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi aniqlandi
Qozog'iston ko'mir konidagi ishchilar yer yuzasiga chiqishdan bosh tortishmoqda
Samsung smartfonlarni zaryadlovchi "aqlli" kiyimni ixtiro qildi
Dubayda salkam 300 mln dollarlik safari-hayvonot bog'i ochiladi
Qozog'istonda Rossiya telekanallari o'chirib qo'yildi
Iblis izmidagi oqsoch
«WI-FI» BOLALAR SALOMATLIGIGA O'NGLAB BO'LMAYDIGAN ZARAR YETKAZADI
Tovuq tuxumi ichida brillant bor ekan
Koinot vaqti butunlay to'xtab qolishi mumkin
«Arsenal» yana ochko yo'qotdi
Avtomobildan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda - obuna bo'lish, karshering va ijara
Aeroporti yo'q 6 mamlakat: U yerlarga qanday borish mumkin?
Megalomaniya buyuklikka intilgan telbalar kasalligimi?
10 dekabr – O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun