"Yuventus" hamda "Real Madrid" o'rtasidagi Chempionlar ligasi finalini qabul qiladigan "Millenium" stadioni final o'yini vaqtida tomlari yopiq holda bo'ladi. Bu haqda Uels futbol assosiatsiyasi rasmiy sayti ma`lum qildi.
Bu qaror hukumat takliflaridan so'ng FAW tomonidan qabul qilindi.
Shuningdek, stadion tomi jamoalarning finaldan bir kun oldingi mashg'ulot vaqtida ham yopiq bo'ladi.
Joriy mavsumdagi Chempionlar ligasi finali tomlari yopiq stadionda bo'lib o'tadigan ilk final o'yini bo'ladi.
Final o'yini 3 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da bo'lib o'tadi.