У нас есть только
оригинальные песни

Chempionlar qaytishmoqda! Ular qaysi ko‘chalardan o‘tishadi? Tantanali kutib olish marosimi qayerda bo‘ladi?

calendar 28.01.2018
1568

Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston U23 terma jamoasi bugun Toshkent vaqti bilan 23:50da poytaxtimizga yetib keladi.

Chempion futbolchilarimiz joylashgan avtobus bugun soat 00.00da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan (terminal-3, mahalliy) yo‘lga chiqadi va poytaxtimizning Bobur, Nukus, Afrosiyob, Sh.Rashidov, Navoiy, A.Temur ko‘chalari bo‘ylab «O‘zbekiston» mehmonxonasiga qadar harakatlanadi.

Soat 00.30da futbolchilarni «O‘zbekiston» mehmonxonasi oldida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi. Aytishlaricha, tadbir ochiq bo‘lib, unda barcha xohlovchilar qatnashishlari mumkin.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, el ardog‘idagi san’atkorlar,  OAV vositalari, futbolchilarning yaqinlari, Yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etishadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchilarni kutib olishga mingga yaqin futbol ishqibozlari chiqishadi.  Jarayon «O‘zbekiston24» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Яндекс.Метрика