Chet eldan arzon-garovga piyoz olib kelib sotgan amaldorlar sudlandi
10.10.2015 2536
Toshkentda bozorlarni qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan ta'minlash
xizmati xodimlari sudlandi. "Ogoh” nashrining yozishicha, bunga ularning
chet eldan arzon-garovga noqonuniy sabzavot va poliz ekinlari olib
kirgani sabab bo'lgan.
Xizmat boshlig'i, 1963 yilda tug'ilgan
Faxriddin Vosiqov yordamchisi, 1960 yilda tug'ilgan Abdurasul Mahmudov
bilan til biriktirib, chet el fuqarosi Ma'ruf bin Fozil bilan
yashirincha kelishuvga erishgan. Bu shaxs ularga hujjatlashtirilmagan, 1
kg ga ming so'm narxda 5 ming tonna piyoz etkazib bergan. Ular bu
mahsulotni bozorlarda sotib sota boshlashdi. Buning natijasida
mahsulotlari qolib ketgan "Elga xizmat” jamiyatlari 95 mln so'mdan ortiq
zarar ko'rgan.
Sud ikki amaldorni jarimaga tortib, rahbar lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qildi.