loading...

 

Chevrolet Afg'onistonda avtomobil zavodi qurishni rejalashtirmoqda

Afg'onistondagi manbalar xabariga ko'ra, amerikaliklarning Chevrolet kompaniyasi Mozori Sharif hududida avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod quradi.

"Afganistan segodnya" xabariga ko'ra, Balx viloyati rasmiylari va kompaniya vakillari o'rtasida muzokaralar o'tkazilgan, lekin uning yakunlari haqida aniq ma'lumotlar yo'q.

Mahalliy tadbirkorlardan biri Zabiulla Axtariyning ma'lum qilishicha, Chevrolet kompaniyasi delegatsiyasi Balx viloyatining yuqori lavozimli mansabdorlari bilan uchrashgan va viloyat hududida sarmoyalar kiritish uchun yaxshi sharoitlar yaratib berishni so'rashgan.

Uning qo'shimcha qilishicha, Afg'oniston hukumati iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ko'rib chiqqanidan keyin Chevrolet kompaniyasi faoliyatiga ruxsat beriladi.

Zabiulla Axtariyning qayd etishicha, ushbu loyihaning hayotga tatbiq etilishi orqali yuzlab afg'onistonliklar bilvosita yoki bevosita ish bilan ta'minlanishadi.


Комментарии (0) | Добавить: 01.12.2015

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»