У нас есть только
оригинальные песни

Chevrolet Captiva krossoveri yangilandi

calendar 18.11.2015
2409

Chevrolet kompaniyasi yangilangan Captiva krossoverini namoyish qildi. Restayling qilingan yangi model 2016-yilning yanvaridan sotuvga chiqadi, deb xabar beradi“Motor”.

Restaylingdan so‘ng krossover kuzovining old qismi deyarli to‘liq o‘zgardi. Misol uchun, yorug‘lik diodli signal chiroqlari bilan jihozlangan yangi old bamper, shuningdek, falshradiatorli panjara kabilar. Bundan tashqari, undagi emblemaning o‘rni o‘zgardi.

Yangilangan Captiva yangi MyLink multimediya tizimi bilan ta’minlandi. Krossover, shuningdek, yangi xavfsizlik tizimi bilan jihozlandi. Tizim yon oynalar orqali orqa ko‘rinishdagi o‘lik hududlarni kuzatish, qolaversa, orqaga harakatlanayotib perpendikulyar yo‘nalishda yaqinlashayotgan mashinani kuzatish imkonini beruvchi funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Bu ikki funksiya uning orqa bamperiga o‘rnatilgan radarlar yordamida amalga oshiriladi.

Яндекс.Метрика