У нас есть только
оригинальные песни

Chevrolet kompaniyasi harbiylar uchun vodorodli pikap ishlab chiqdi

calendar 05.10.2016
1532

Chevrolet kompaniyasi Colorado pikapining vodorodda ishlaydigan versiyasi prototipini taqdim etdi. Modifikatsiya ZH2 nomini oldi, deb xabar beradi Motor.

 

Kompaniya mashinani AQSh armiyasi muhandislik markazi — TARDEC bilan hamkorlikda ishlab chiqdi. Ushbu markaz armiya uchun yer usti texnikasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Prototip seriyali Colorado’ning modifikatsiya qilingan va kuchaytirilgan platformasi asosiga qurilgan. Konsept-kar 37 dyuymli yo‘ltanlamas shinalari bilan ta’minlandi.

Colorado ZH2 ning kuch qurilmasi haqida hech qanday ma’lumot berilmadi. Faqatgina pikap vodorod va kislorod orasidagi kimyoviy reaksiya natijasida energiya ishlab chiqaruvchi elektr dvigatel bilan jihozlangani ma’lum. Bunday agregat ishi natijasida suv ajralib chiqadi, harbiylar bu suvdan keyinchalik ham foydalanishni rejalashtirmoqda.

Mazkur pikap haqida ilk xabarlar shu yilning yoz oylarida berilgan edi. Ushbu loyiha yordamida Chevrolet o‘z model qatorida vodorodli mashinalar paydo bo‘lishini tezlashtirmoqchi.

Яндекс.Метрика