У нас есть только
оригинальные песни

Chevrolet kompaniyasi Silverado pikapini yangiladi

calendar 14.07.2015
1818


Chevrolet kompaniyasi 2016-model yili uchun Silverado pikapining ilk fotosuratini e’lon qildi, deb xabar bermoqda "Motor.ru”. Yangi avtomobilning tashqi ko‘rinishi o‘zgargan va multimedia majmuasi takomillashgan. Pikapga tumanga qarshi svetodiodli faralar va kunduzgi chiroqlar o‘rnatilgan, shuningdek, kuzovning old qismiga xromli qurilma qo‘shilgan. Bundan tashqari, Silverado’ning kapoti va old bamperi ko‘rinishi ham o‘zgargan.Model Google’ning Android Auto va Apple’ning CarPlay tizimlarini qo‘llab-quvvatlovchi MyLink multimedia majmuasining yangi avlodi bilan ta’minlangan. Silverado 285 ot kuchiga ega 4,3 litrli V6, 355 ot kuchiga ega 5,3 litlri va 420 ot kuchiga ega 6,2 litrli V8 motorlari bilan taklif etiladi.
Яндекс.Метрика