У нас есть только
оригинальные песни

Chevrolet kompaniyasi yangilangan SS sedaniga agressiv ko‘rinish berdi

calendar 18.09.2015
1879

Chevrolet kompaniyasi yangilangan SS sedanini taqdim etdi, u avvalgi versiyadan agressivroq tashqi ko‘rinishi va zamonaviylashtirilgan chiqarish tizimi bilan farq qiladi.
Sedan kuzovining old qismiga xrom bilan qoplangan detallar va vertikal tunnellar o‘rnatildi.
Uning kapotida esa ventilyatsiya teshiklari paydo bo‘ldi, shuningdek, mashina yorug‘lik diodli kunduzgi chiroqlar hamda boshqacha dizayndagi 19 dyuymli alyuminiy g‘ildirak disklariga ega bo‘ldi.
Shuningdek, sedan yangi chiqarish tizimi bilan jihozlandi, u sekin yurganda past, tez yurganda baland ovoz chiqaradi.
Яндекс.Метрика