У нас есть только
оригинальные песни

Chevrolet Spark’ning to'rtinchi avlodi taqdim etildi

calendar 04.12.2015
3962

Mayamida o'tayotgan avtoshouda Chevrolet Spark xetchbekining to'rtinchi avlodi Chevy Spark taqdimoti o'tkazildi. Uning suratlari Kolesa.ru saytida chop etildi.

Aytilishicha, marketologlar xaridorlarga bo'lajak modelning tashqi qiyofasini belgilash imkonini berishdi. Prototipni tanlash internet orqali ovoz berish yo'li bilan aniqlandi. Uchta kontsept-kardan biri bo'lgan Chevrolet Beat 1.8 mln ovoz bilan g'alaba qozondi.

Qizig'i, kontsept ilgari “Transformerlar-2” filmida ham ishtirok etgan. Ushbu mashhur kontsept negizida yangi Spark yaratildi. Ko'pchilik uni juda original va chiroyli deb baholadi. Burchakli shakllar uning tashqi ko'rinishini agressiv qilib ko'rsatsa, kuzovning balandligi salon ichi kengligini ta'minladi. Avtomobil 40 mm ga pasaydi, kengligi va g'ildirak bazasi 10 mm ga oshdi.

Shu bilan birga, mashina dizayni ayrim xaridorlarga o'zining soddaligi tufayli yoqmagani e'tirof etilmoqda. Buning sababi u arzon Opel Carl mashinasi bilan bir platformada yaratilgani bo'lishi mumkin.

Yangi Spark MyLink multimedia tizimi va 7 dyuymli ekranga ega bo'ldi. Bundan tashqari, u o'nta xavfsizlik yostig'i, avtoturargoh yordamchisi, “ko'rinmas” zonalarni nazorat qilish funktsiyasi, orqa ko'rinish kamerasi, old to'qnashuvlarni bartaraf etish, chiziq bo'ylab harakat qilish boshqa qo'shimcha tizimlar bilan jihozlandi.

Spark 1.4 l li 98 ot kuchiga ega Ecotec benzinli motori bilan harakatga keltiriladi. Ilgarigi avloddagi motorning quvvati 89 ot kuchini tashkil etardi. O'tkazmalar qutisini xaridor tanlash imkoniyatiga ega: 5 diapazonli mexanik transmissiya yoki variator. Yoqilg'ining o'rtacha sarfi – 100 km ga 5.8 l.

Яндекс.Метрика