loading...

 

Chikago aeroportida samolyot yonib ketdi

AQShning Chikago shahridagi O'Xara aeroportida uchish-qo'nish yo'lakchasida Boeing-767 samolyoti yonib ketdi. Chicago Tribune nashri xabar berishicha, voqea joyiga o't o'chirish brigadalari yetib kelgan.  

Samolyotda 171 kishi, jumladan 161 yo'lovchi bo'lgan. Dastlab voqea oqibatida 7 yo'lovchi va bir bortkuzatuvchi kichik jarohatlar olgani, ular yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilganlari ma`lum qilingan. Biroq keyinroq jarblanganlar 20 ga yaqinni tashkil qilayotgani aytilgan. 

"Ko'pchilik yo'lovchilar samolyotdan falokat traplari orqali tushayotganlarida jarohat olganlar. Biz 20 ga yaqin kishini bir nechta shifoxonalarga jo'natdik", deb aytdi Chikago o't o'chirish xizmati vakili Xuan Ernadnes.

Qolgan yo'lovchilar o'z manzillariga 29 oktabrda boshqa samolyotlarda yetkaziladilar.

Samolyot American Express aviakompaniyasiga tegishli bo'lib, Chikago-Mayami reysi bilan uchishi kerak bo'lgan. 

AP axborot agentligining ma`lum qilishicha, falokatga dvigateldagi jiddiy nosozlik olib kelgan bo'lishi mumkin. Nosozlik shunchalik jiddiy bo'lganki, uning qismlari tashqariga sochila boshlagan.  

CNN ma`lumotiga ko'ra, shu samolyot avvalroq Londondan uch soatlik kechikish bilan kelgan bo'lgan. 


Комментарии (0) | Добавить: 29.10.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Qarishga qarshi preparat muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi
Oddiy va mazali ichimlik bo'g'inlaringizga yangi hayot bag'ishlaydi
Erkaklardagi ortiqcha vaznning yashirin sabablari
Maktablarda o'quv yili uzaydi, ta`tillar muddatlari o'zgardi
O‘zbekiston GM Uzbekistan avtomobillari narxlarini oshirmaydi
Shohrux reperning o‘n yillik tanaffusdan keyingi ilk konsertidan fotoreportaj
Ekspertlar Xitoyning C919 birinchi yo‘lovchi samolyoti parvozga tayyorligini tasdiqladi
Shavkat Mirziyoyev yangi Chevrolet Malibu avtomobilida shahar aylandi
Londonda navbatdagi fojia: haydovchi odamlarni bosib ketdi
Kamchatkadagi vulqon 200 yildan keyin uyg'ondi
Prezident Virtual qabulxonasi pullik bo'lgani haqidagi mish-mishlar rad etildi
Yo'ldagi qoidabuzarliklar uchun jarimalarni uydan to'lash imkoni paydo bo'ldi
Tarixda birinchi marta yengil avtomobil Antarktidani kesib o'tdi
Tramp ma’muriyati Keystone neft quvuri qurilishini ma’qulladi
Apple kompaniyasi iPhone va iPad’ni noutbukka aylantiradi
Quruq mevalar — foydami yoki zarar?
4 yoshli bola Siri dasturi yordamida onasining hayotini saqlab qoldi
Zamonaviy qullikning alomatlari
Shavkat Mirziyoyev “Nazarboyev universiteti”ga tashrif buyurdi
Matn kiritishning yangi usuli o'ylab topildi
Wi-Fi’ni boshqarish tizimi ishlab chiqildi
Professional sartaroshdan sochlarni kesish qoidalari
Shavkat Mirziyoyev Qozog'istonga tashrifini boshladi
Erdo‘g‘on: Yevropa ortiq Turkiyaga ta’sir o‘tkaza olmaydi
Kiyimlar umrini uzaytirish yo‘llari
Xitoylik qiz yigitni oila qurishga ko'ndirish maqsadida 900ta taksini ijaraga oldi
Dunyoning eng qimmat shaharlari reytingi taqdim etildi
Yevroittifoqda migrantlarga nisbatan eng salbiy munosabatda bo'luvchi millatlar
Bug'doyning foydali xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
22-martda Uzcard tizimida uzilishlar bo‘lishi kutilmoqda