У нас есть только
оригинальные песни

Chikagoda an'anaviy Palov kuni nishonlanadi

calendar 15.11.2015
2125

Har yili dekabr oyining birinchi yakshanbasida AQShning Chikago o'zbek jamiyatida palov kuni nishonlanadi. 2015 yilgi palov kuni 6 dekabrda bo'lib o'tadi.

Chikago o'zbek-amerika assotsiatsiyasi bord a'zosi Jamshid Eshonxo'jaevning Kun.uz saytiga xabar berishicha, ushbu bayramda eng avvalo oliy darajadagi mazali palov tayyorlash niyat qilingan. Unga qazi va tuxumlar solinishi ko'zda tutilgan.

Bayramda bolajonlar ishtirokida modalar ko'rgazmasi (fashion show), osh tarixi haqida monolog tashkil etilib, milliy qo'shiq va raqslar ijro qilinadi.
Palov kuniga Sobiq Ittifoqning 15ta respublikasidan mehmonlar taklif etilgan. Undan tashqari, afg'onlar, amerikaliklar, arablar, turklar va boshqa bir qancha millatlar kelishi kutilmoqda.

Bayramdan maqsad o'zbek milliy qadriyatlarini targ'ib qilish hamda Amerikaning rang-barang madaniyatida o'zbekona an'analarning o'rnini namoyish etishdan iborat.

Яндекс.Метрика