У нас есть только
оригинальные песни

Chilida dunyoning eng katta teleskopi qurilishi boshlandi

calendar 12.11.2015
1507

Yirik Magellan teleskopi (GMT) qurilishi ishlari Chilining Atakama sahrosida olib boriladi. Bu teleskop dunyodagi eng kattasi bo'lishi kutilmoqda. Qurilish hududiga Chili prezidenti Mishel Bashalet tashrif buyurgan va ilk g'ishtni qo'yish marosimida qatnashgan.

"Bu loyiha Chili milliy astronomiyasi rivojlanayotganini ko'rsatmoqda. Endi bizda fazoni kuzatish uchun yanada kengroq imkoniyatlar bo'ladi", deydi Bashalet xonim mahalliy telekanallardan biriga bergan intervyusida.

Ushbu ulkan teleskopning asosiy ko'zgusi diametri 7ta segmentga bo'linishi, ularning har biri 25,4 metrdan iborat bo'ladi. Ushbu qurilma "Habbl" kosmik teleskopi orqali olingan tasvirlardan 10 karra sifatliroq suratlar olish imkoniyati bilan ta'minlanadi. Teleskopni 22 qavatli uy balandligidagi devorlar o'rab turadi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ushbu teleskop fazodagi qora tuynuklar va boshqa osmon jismlari haqida aniqroq ma'lumotlar olish imkonini beradi.

Uning balandligi 2500 metrni tashkil etishi kutilmoqda. Ushbu loyihada Chilidan tashqari AQSh, Avstraliya, Braziliya, Janubiy Koreya ishtirok etishi, unga 500 mln dollardan ortiq sarmoya yo'naltirilishi aytilgan.

Hozirda dunyodagi eng yirik teleskop Puerto-Rikoda joylashgan Aresibo rasadxonasi bo'lib, uning diametri 305 metrni tashkil etadi.

Яндекс.Метрика