У нас есть только
оригинальные песни

Chinoz yo'liga o'rnatilgan fotoradarlar qoidabuzarlarni aniqlay boshladi

calendar 10.03.2018
1052

M39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo'linig 806-871 km.lari oralig'ida yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o'rnatilib, ishga tushirilgani xabar qilingan edi. Bundan ko'zlangan maqsad, Toshkent viloyatining avtomobil yo'llarida yo'l-transport hodisalarining oldini olish, yo'l harakati ishtirokchilarini harakatlanish xavfsizligini ta`minlash va innovatsion texnologiyalarni hayotga tadbiq etish edi. 

Toshkent viloyati IIB YHXBning ma`lum qilishicha, haydovchilar OAV va internet tarmoqlari orqali ogohlantirilganiga qaramay, 2018 yilning 16 fevral kunidan  07 mart kuniga qadar 23000 dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlandi. Ushbu ko'rsatkich hududlar (viloyatlar) kesimida tahlil etilganda, 
Toshkent shahar - 8205ta
Toshkent viloyati-4896ta 
Samarqand-2395ta 
Sirdaryo viloyati-1684ta 
Jizzax-1709ta 
Farg'ona-202ta
Namangan-138ta
Andijon-165ta
Qashqadaryo-1825ta 
Surxondaryo-855ta
Buxoro-545ta 
Navoiy-330ta 
Xorazm-225ta 
Qoraqalpog'iston Respublikasidan 245tadan belgilangan tezlikni oshirish qoidabuzarliklari sodir etilgan.

Яндекс.Метрика