У нас есть только
оригинальные песни

Chiroyli avtoraqamlarning taxminiy narxi ma`lum, lekin bu yakuniy baho emas

calendar 22.07.2017
5077

O'zbekistonda ham xorij tajribasining joriy etilishi — avtotransport vositalarining davlat qayd etish raqamlarining maxsus, chiroyli sonlardan iborat to'plami alohida narxlarda sotilishi haqidagi gap-so'zlar internetda bir necha oydan beri urchigan edi.

Respublika IIV YHXBB boshlig'i, polkovnik Xolmatjon Saydaliyev ham jurnalistlar bilan brifingda tez orada ushbu masalaga oydinlik kirituvchi hujjatlar ishlab chiqilishi haqida gapirib o'tgandi.

So'ngra O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi «Yo'l harakati xavfsizligini ta`minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida»gi №PQ-3127-sonli qarorie`lon qilindi va uning 12-bandiga ko'ra, 2017 yilning 1 sentabridan avtotransport vositalarining qayd etish davlat raqamlaridagi son va harflarini talab etilgan kombinatsiyaga ko'ra to'lovlarning yuqoriroq stavkasi bo'yicha tanlab olish, jumladan, ularni kimoshdi savdosi (auksion) orqali xarid qilish tartibi o'rnatiladi.

Prezident qaroridan so'ng Vazirlar Mahkamasining bu boradagi qarori loyihasi ishlab chiqilgan, loyiha ayni damda moliya vazirligida turibdi, agar moliya vazirligi chiroyli raqamlar uchun ko'rsatib o'tilgan boshlang'ich to'lovlarni ma`qullasa, qaror loyihasi 1 avgustga qadar Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlanish uchun kelib tushadi.

Dastlabki loyihalarda belgilangan va internet tarmog'ida tarqalgan narxlarga, albatta, biroz o'zgartirishlar ham kiritilishi mumkin, biroq Prezidentning №PQ-3127-sonli qaroriga ko'ra, 1 sentabrdan boshlab taxminan shu yo'nalish va tartibda fuqarolar uchun o'z avtotransport vositalariga chiroyli raqamlar tanlab olish imkoniyati taqdim etiladi.

Яндекс.Метрика