У нас есть только
оригинальные песни

Churkin Rossiya va AQShning munosabatlari 1973 yildan beri eng yomon darajada ekanini aytdi

calendar 16.10.2016
1345

Bugungi kunda Rossiya va AQSh munosabatlari Misr va Suriya Isroilga hujum qilgan 1973 yildagidek kabi eng yomon darajada, deb aytdi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Biroq diplomatning fikricha, jumladan Suriya bo'yicha jiddiy ziddiyatlar va kelishmovchiliklarga qaramasdan, ikki davlat "boshqa masalalar bo'yicha Yetarlicha yaxshi darajada ishlashni davom ettirmoqda".

Churkinning fikricha, Rossiya-AQSh munosabatlaridagi inqiroz Rossiya va AQSh hukumatlari o'rtasida siyosiy masalalar bo'yicha "hurmat va chuqur muhokamalarning Yetishmasligi" kuzatilgan voqealar sababli yuz bergan.

Eslatib o'tamiz, 1973 yildagi urushda Sobiq ittifoq arab davlatlarini, AQSh esa Isroilni qo'llab-quvvatlagan. O'sha kunlarda ikki davlat o'rtasidagi qarama-qarshilik 1962 yildagi Kuba inqirozidan keyin maksimal darajada bo'lgan.  

Яндекс.Метрика