У нас есть только
оригинальные песни

Coca-Cola ichimligi Rossiyada boshqa nom ostida sotiladi

calendar 04.08.2022
288

Rossiyaning ichimliklar ishlab chiqaruvchi “Multon” kompaniyasi (Coca-Cola’ning sho‘ba korxonasi) mamlakat bozorida Coca-Cola, Fanta va Schweppes ichimliklari nomlarini o‘zgartirishga qaror qildi. Ular tegishli ravishda “Dobriy Cola”, “Dobriy Orange” va “Rich tonik” deb ataladi. Bu haqda Mash Telegram-kanaliga tayanib, Tengrinews xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Sprite lineykadan tushib qoladi. Ushbu ichimlik Rossiyada talabgir emas. Biroq ishlab chiqaruvchi yangi ta’mlarni qo‘shadi: Dushes, Cherry, Lemonade, Mango va Sib Travy.

Mahsulotlar shu yil kuzidan boshlab ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Klassik ichimliklarning retsepti saqlanib qolish-qolmasligiga aniqlik kiritilmayapti.

“Multon” kompaniyasi Rich va “Dobriy” sharbatlarini ham ishlab chiqaradi.

Amerikaning alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchisi Coca-Cola (brendlar Coca-Cola, Sprite, Fanta, Rich, Dobri va boshqalar) Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qilgan edi.

Shu bilan birga, PepsiCo o‘zining Mirinda, 7Up va Pepsi Cola brendlarini Rossiya bozorida sotmasligini, shuningdek, investitsiyalar va reklama faoliyatini to‘xtatib turishini, shu bilan birga sut mahsulotlari va chaqaloqlar formulasini o‘z ichiga olgan asosiy mahsulotlarni sotishda davom etishini e’lon qilgandi.

Яндекс.Метрика