У нас есть только
оригинальные песни

Cyanogen rahbari Samsung 5 yil ichida inqirozga uchrashini bashorat qildi

calendar 07.03.2015
2644


Android uchun muqobil ilovalar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan Cyanogen loyihasi direktori Kirt Makmaster Business Insider portaliga intervyu berdi va texnologiya dunyosining kelajagi haqida fikr bildirdi. Unig fikricha, 5 yildan keyin mobil qurilmalar bozorini Xiaomi va Micromax kompaniyalari egallaydi hamda Samsung’ning taqdiri Nokia va Blackberry’niki kabi tanazzulga yuz tutadi. U Apple ham shunga o'xshash muammoga ro'baru kelishi mumkinligini bashorat qildi. Kirt Makmasterning ta'kidlashicha, vaqt o'tgan sayin kichik ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlar borasida yirik kompaniyalarning mahsulotlaridan qolishmaydigan lekin arzon qurilmalar ishlab chiqarishni boshlaydi. U Micromax’ning allaqachon hind bozorida Samsung’ni siqib chiqarganini eslatib o'tdi. Manba:kun.uz
Яндекс.Метрика