У нас есть только
оригинальные песни

Dam olish kunlari omadsizlar yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato

calendar 18.11.2017
1660

Hammamiz dam olish kunlarini sabrsizlik bilan kutamiz. Lekin uni qanday o‘tkazishimiz bizning qanchalik darajada omadli ekanligimizni aytib berishi mumkin.

  1. Ular reja tuzmaydi

Dam olish kunlarini daqiqasigacha aniqlik bilan taqsimlab qo‘yish kerak emas, lekin nima bilan mashg‘ul bo‘lishni xohlayotganingizni taxminan bo‘lsa ham tasavvur qilsangiz yaxshi bo‘lar edi. Shunda siz o‘z vaqtingizni tejaysiz va biron-bir qiziqarli ish qilishni unutmaysiz.

  1. Ular yaqinlari uchun vaqt topmaydi

Behalovat hafta davomida do‘stlar va yaqinlar uchun vaqt topish juda qiyin. Buni dam olish kunlari amalga oshirishga harakat qiling.

             3. Ular texnologiyalardan dam olmaydi

Telefonni bir chetga olib qo‘ying, xizmat pochtasidan chiqing. Va hamkasblaringizga dam olish kunlari javob bermasligingizni oldindan tushuntiring.

  1. Ular dam olish kunlaridan rohat olmaydi

Nimalarni rejalashtirgan bo‘lsangiz ham, dam olish kunlari albatta o‘zingiz zavq oladigan mashg‘ulot bilan shug‘ullaning.

            5. Ular hamma vaqt uxlaydi

Balki siz hafta davomida ko‘p ishlagansiz va endi o‘zingizga kelayotgan bo‘lishingiz mumkin. Har qanday holatda ham, agar dam olish kunlarini uxlash bilan o‘tkazsangiz, siz uyqu rejimini buzasiz va kelgusi haftada o‘zingizni yomon his qilasiz.

            6. Ular ko‘p xarajat qiladi

Albatta, ba’zida odam o‘zini xursand qilishni xohlaydi. Lekin, agar odatdagi kunlarda o‘zingizni hamma narsadan cheklasangiz, dam olish kunlari esa bo‘lmag‘ur narsalarga pul sarflasangiz, u holda pulingizni ham tejay olmaysiz va xursand ham bo‘la olmaysiz.

             7. Ular mulohaza qilmaydi

Odatdagi kunlar hayot va o‘z maqsadlari haqida o‘ylab ko‘rishga vaqt bo‘lmaydi. Bunga dam olish kunlari vaqt ajrating.

             8. Ular har doim ish haqida o‘ylaydi

Kelasi dushanba kuni uchun ish rejasini juma kuni kechqurun tayyorlab qo‘ying, shanba va yakshanba kunlari esa ish haqida o‘ylamang.

Яндекс.Метрика