У нас есть только
оригинальные песни

Damashq yaqinida harbiy samolyot quladi

calendar 22.04.2016
969

Suriyada, Damashqning janubi-g‘arbida harbiy samolyot quladi. Bu haqda, Suriyada inson huquqlari bo‘yicha monitoring kengashi guvohligiga asoslanib, “Gazeta.ru”xabar bermoqda.

Samolyot Damashq aeroportidan janubi-g‘arbda quladi. Ayni paytda halokatning aniq sabablari ma’lum emas. Havo kemasi IShID tomonidan nazorat qilinayotgan hudud ustidan uchib o‘tayotgan paytda qulagani aytilmoqda.

Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Uchuvchining taqdiri ham noma’lumligicha qolmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Яндекс.Метрика