У нас есть только
оригинальные песни

Daniya ayollar uchun eng yaxshi davlat deb topildi

calendar 21.01.2016
1358

Ayollar uchun eng yaxshi davlatlar ma'lum qilindi, bu borada 1-o'rinni Daniya egalladi. Reyting US News & World Report tomonidan tayyorlandi va Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida taqdim qilindi.

Reyting etakchisi Daniya gender tenglikni ilgari surmoqda. Reytingning 2-o'rnini egallagan Shvetsiyada davlat etakchilari ayollarning tahqirlanuvchi guruh sifatida qabul qilinishi masalasini hal qilish uchun choralar qabul qilmoqda. 3-o'rinni egallagan Kanada ayollar huquqlarini himoyalashni tashqi va ichki siyosatining bir qismiga aylantirdi. Shu bilan birga bu davlatda bu sohada muammolar mavjud.

4-o'rinni Niderlandiya sog'liqni saqlash, ta'lim, iqtisodiyot va siyosatda gender uzilishning qisqartirilishiga yo'naltirilgan ijobiy ishi uchun egalladi.

Еtakchi beshtalikni Avstraliya yakunlamoqda, bu davlatda oxirgi yillarda borgan sari ko'proq ayollar rahbarlik lavozimlarini egallamoqdalar. Shu bilan birga avstraliyalik ayollar o'zlarining erkak hamkasblari bir yilda ishlab topayotgan pulni ishlab topishlari uchun ulardan 66 kun ko'proq ishlashlari lozim.

Яндекс.Метрика