У нас есть только
оригинальные песни

Daniyada avtomobillar yurmaydigan shahar quriladi

calendar 02.08.2015
1883

Daniyaning Orxus shahri tashqarisida avtomobillar harakatlanmaydigan yangi shahar quriladi.Nye (Daniya tilida "yangi”) deb nomlanadigan shaharda 15 ming kishi yashashi ko‘zda tutilgan. U yashil shahar bo‘lib, u yerda zamonaviy texnologiyalar aholi va tabiatning uyg‘unlikda yashashini ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Shaharda uni Orxus markazi bilan bog‘lovchi tramvay bo‘ladi, shuningdek uning butun hududi bo‘ylab velosiped yo‘lkalari joylashadi. Nye shahriga avtomobilda keladigan kishilar uni turar joy dahalari yaqinidagi maxsus hududda qoldirishi mumkin bo‘ladi. Shahar qurilishi besh yildan keyin yakunlanadi.
Яндекс.Метрика