У нас есть только
оригинальные песни

Daniyaga 20 tonna zaharlangan tuxum yetkazilgani ma`lum bo'ldi

calendar 11.08.2017
1164

Daniya hukumati mamlakatga tarkibida fipronil kimyoviy vositasi bo'lgan 20 tonnaga yaqin tovuq tuxumi yetkazilganini ma`lum qildi. Ushbu vosita kana, bit, burga va boshqa zararli hasharotlarga qarshi qo'llanadi. Bu modda insonda jigar, buyrak va qalqonsimon bez shikastlanishiga olib kelishi mukin.

Sky News telekanalining ma`lum qilishicha, Buyuk Britaniyada bunday zaharlangan tuxumlar oziq-ovqat sanoatida qo'llangan, ya`ni ular turli oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlar tarkibida sotuvga tushgan.

Bu orada Niderlandiya prokuraturasi «zaharli tuxumlar” ishi bo'yicha 2 nafar gumonlanuvchini hibsga oldi. Gumonlanuvchilar fipronilni hasharotlarga qarshi qo'llagan ChickFriend kompaniyasi rahbarlaridir. Kimyoviy vositani Belgiya hududida faoliyat yuritgan firma ishlab chiqargan.

Яндекс.Метрика