У нас есть только
оригинальные песни

Danone Rossiyadagi zavodlarini yopadi

calendar 26.12.2015
921

Frantsiyaning sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Danone kompaniyasi Rossiyadagi ikkita zavodini yopmoqda. Bu haqda “Izvestiya” kompaniyadagi axborot manbasiga asoslanib xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, Frantsiya kompaniyasi Rossiyaning Tomsk va Cheboksardagi ishlab chiqarish nuqtalari faoliyatini to'xtatadi.
Kompaniya xabarida keltirilishicha, qayta tashkil etish ishlari Tomsk sut kombinatining yopilishiga sabab bo'lmoqda.

Kelgusida Kemerovo, Krasnoyarsk va Cheboksardagi ishlab chiqarish kuchlari konsolidatsiya (birlashish) qilinib, Samara, Saransk va Qozondagi korxonalarga bosqichma-bosqich o'tkazaladi. 

Ta'kidlanishicha, biznesning yangidan tashkil etilishi ishlab chiqarish hajmiga ta'sir ko'rsatmaydi. Biznesning qayta tashkil etilishiga esa zavod texnologiyalarining eskirgani, kam rentabelligi va Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz sababli savdo hajmining pastlagani sabab sifatida keltirilgan.

Яндекс.Метрика