У нас есть только
оригинальные песни

Dastin Xoffman ishtirokidagi “Tutsi” eng yaxshi film deb tan olindi

calendar 31.07.2015
1127

73 nafar kino yulduzlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra Dastin Xoffman ishtirokidagi "Tutsi” eng yaxshi film deb tan olindi. Bu haqda Time Out New York xabar beradi . Unda aktyorlardan Jyulyet Binosh, Maykl Shin, Killian Myorfi va Endi Syorkis kabilar ham qatnashgan. Reytingda ikkinchi o‘rinni Marlon Brando va Al Pachino ishtirokidagi "Cho‘qintirgan ota” filmi (1972), uchinchi o‘rinni esa Jon Kassavetisning "Ta’sir ostidagi ayol” filmi (1974) egalladi. Shuningdek, birinchi o‘ntalikka " ‘Paradizo’ yangi kinoteatri” (1988), "Cho‘qintirgan ota 2” (1974), "Enni Xoll” (1977), "Taksichi” (1976) kabi filmlar kiritildi.
Яндекс.Метрика