У нас есть только
оригинальные песни

Davlat raqobat qo‘mitasi provayderlar 12 ta bepul telekanalni o‘chirishi mumkin emasligini ma’lum qildi

calendar 30.06.2015
1603


Amalda bo‘lgan hujjatlarga muvofiq, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining DVB-T raqamli formatda retranslyatsiya qiluvchi 12 ta milliy telekanallari raqamli televideniyedan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lishi shart. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilgan. 
 Xususan, "O‘zbekiston”, "Yoshlar”, "Toshkent”, "Sport”, "Oilaviy”, "Bolajon”, "Navo”, "Madaniyat va ma’rifat”, "Diyor”, "Dunyo bo‘ylab”, "Kinoteatr” va "Mahalla” ijtimoy telekanallari raqamli televideniyedan foydalanuvchilar uchun bepul retranslyatsiya qilinadi. Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar ko‘rsatishicha, ko‘pgina provayderlar ko‘rsatgan xizmatlari uchun iste’molchilar tomonidan haq to‘lanmagan hollarda, yuqorida ko‘rsatilgan 12 ta bepul retranslyatsiya qilinuvchi milliy telekanallarni ham o‘chirish holatlariga yo‘l qo‘ygan. Ta’kidlash joizki, "Uzdigital TV” MCHJ abonentlarining hisob raqamlarida pul bo‘lmagan hollarda, provayder faqat pullik kanallarni o‘chirishi, qolgan 12 ta bepul namoyish etiladigan ijtimoiy telekanallar retranslyatsiyasini davom ettirishi shart. Shu munosabat bilan, shuningdek iste’molchilarning huquqlarni himoya qilish maqsadida Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, ko‘rsatilgan xizmat uchun vaqtida haq to‘lanmagan hollarda, pullik telekanallar bilan bir qatorda bepul ijtimoiy telekanallarni ham o‘chirib qo‘yish holatlari bo‘yicha ma’lumot taqdim etish to‘g‘risida xat bilan murojaat qilindi. Ushbu holat bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi "O‘zbektelekom” AK, "Uzdigital TV” MCHJ, "Maks Layn” va "O‘zbekiston Kabel Televideniyasi”ga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun iste’molchi tomonidan haq to‘lanmagan hollarda, yuqorida ko‘rsatilgan 12 ta ijtimoiy telekanallarni retranslyatsiya qilishni davom ettirish shartligi to‘g‘risida xat yuborildi.
Яндекс.Метрика